Maqsad OTM

Har hafta OTM testini uyda ishlang

Haqiqiy imtihon formatida haftalik test, respublika reytingi va har bir xatoning tahlili.

Birinchi test bepul
Ilova hozir sinov bosqichida — yuklab olish uchun 3 ta oddiy qadam kerak (1 daqiqa). Hammasini Android telefoningizda, Play Market ochilgan Gmail akkaunt bilan bajaring.
1

Sinovchilar guruhiga qo'shiling

Ochilgan sahifada "Join group" (Guruhga qo'shilish) tugmasini bosing. So'ng shu sahifaga qayting.

Guruhga qo'shilish
2

Sinovchi bo'ling

Ochilgan sahifada "Become a tester" (Sinovchi bo'lish) tugmasini bosing.

Sinovchi bo'lish
3

Ilovani o'rnating

Play Market'da "O'rnatish" tugmasini bosing. Ilovaga telefon raqamingiz yoki email bilan kiring.

Play Market'dan yuklab olish
⬇

Play Market'siz yuklab olish

Ilovani to'g'ridan-to'g'ri yuklab, o'rnating (≈20 MB):

  1. Pastdagi tugmani bosing — fayl yuklanadi.
  2. Yuklangan maqsadotm.apk faylini oching.
  3. Telefon so'rasa: "Sozlamalar" → "Shu manbadan ruxsat berish" ni yoqing va O'rnatish ni bosing.
APK yuklab olish

Telefon ilova o'rnatmasa (eski telefonlar): boshqa versiyani yuklab oling.

Savollar

"Ilova topilmadi" yoki "Item not found" chiqyapti

1- va 2-qadamni bajarganingizdan keyin 5–10 daqiqa kuting. Play Market'dagi akkaunt guruhga qo'shilgan Gmail bilan bir xil bo'lishi kerak — Play Market'da yuqori o'ng burchakdagi rasmni bosib, akkauntni tekshiring.

Telefon "xavfli bo'lishi mumkin" deyapti

Bu Play Market'dan tashqari yuklangan har qanday ilovada chiqadigan odatiy ogohlantirish. Faylni faqat shu sahifadan (maqsadotm.uz) yuklab oling. Ilova Play Market'ga chiqqach, uni o'sha yerdan o'rnatishingiz mumkin bo'ladi.

iPhone'da ishlaydimi?

Hozircha faqat Android. iPhone versiyasi keyinroq chiqadi.

Pullikmi?

Ilovani o'rnatish bepul va birinchi testingiz bepul. Keyingi testlar obuna bilan: oyiga 60 000 so'm (Click yoki Payme orqali, ilovaning o'zidan).

Nega "sinov bosqichi"?

Google yangi ilovalarni hammaga ochishdan oldin sinovchilar bilan tekshiradi. Siz ilovadan birinchilardan bo'lib foydalanasiz, keyin u Play Market'da hamma uchun ochiladi.